Bosh vazir maslahatchisi otib ketildi
Olam
−
27 may 2019
23019Afg‘oniston Bosh vaziri maslahatchisi Nur Muhammad Arab mamlakat shimolidagi Qunduz viloyatida noma’lum shaxs tomonidan otib ketilgan. Bu haqda "Ariana" telekanali mahalliy amaldorlarga tayanib xabar tarqatgan.
Ma’lum bo‘lishicha, qurollangan noma’lum kishi yakshanba kuni Bosh vazir maslahatchisini otib o‘ldirgan. Shuningdek, otishmada maslahatchining xos soqchisi ham jiddiy jarohat olgan, hozirda u yaqin hududdagi shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda ushbu qurolli hujumni hech bir jinoiy guruh yoki terrorchilik tashkiloti o‘z bo‘yniga olmagan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.
LiveBarchasi