Tokioda 5 ta medal yutgan O‘zbekistonda qancha sport inshooti bor?

Sport

image

Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda umumiy hisobda 52 105 ta sport inshooti mavjud. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Yillar kesimida tashkil etilgan sport inshootlari soni quyidagi ko‘rinishda:

  • 2016 yilda — 50 853 ta;
  • 2017 yilda — 51 306 ta;
  • 2018 yilda — 51 583 ta;
  • 2019 yilda — 51 651 ta;
  • 2020 yilda — 52 105 ta.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiadasida umumiy hisobda atigi 5 ta medal yutdi. Bu O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan davlatlarga qaraganda bir muncha yaxshi natijadir. Biroq, O‘zbekiston 2016 yili Rioda bo‘lib o‘tgan olimpiadada jami 13 ta medalga ega chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

402

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing