Tokio Olimpiadasi chet ellik muxlislarsiz o‘tkaziladi

Sport

image

Tokiodagi Yozgi Olimpiya va Paralimpiya O‘yinlari tashkilotchilari Yaponiya poytaxtidagi musobaqalarni chet ellik tomoshabinlar ishtirokisiz o‘tkazishiga qaror qildi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar bermoqda.

Onlayn konferensiyada Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari uchun mas’ul vazir Tamayo Marukava ushbu qaror pandemiya sharoitida xalqaro musobaqalar xavfsizligini ta’minlash zarurati bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

“Qaror, birinchi navbatda, pandemiyada xavfsizlikni ta’minlash zarurati bilan bog‘liq holda qabul qilindi. Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari musobaqaga chet ellik muxlislarning chiptalar uchun sarflagan mablag‘ini qoplaydi”, deydi Marukava.

Uchrashuvda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi rahbari Endryu Parsons, Tokio gubernatori Yuriko Koike va “Tokio-2020” tashkiliy qo‘mitasi rahbari Seiko Xashimoto ham ishtirok etgan.

Avvalroq XOQ rahbari Tomas Bax uning tashkiloti har qancha qiyin bo‘lmasin, “Tokio-2020” tashkiliy qo‘mitasining har qanday qarorini hisobga olishini aytgandi. 

Ta’kidlanishicha, Yaponiya hukumati dastlab o‘yinlarga ko‘proq tomoshabinlarni (shu jumladan, chet ellik muxlislarni) jalb qilish koronavirus tufayli yuzaga kelgan turg‘unlikdan so‘ng uning iqtisodiyotini tiklashga yordam beradi, deb umid qilgan. 

Shu bilan birga, Tokio o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi allaqachon ichki lotereya orqali 4,45 millionga yaqin chipta sotgan, ammo o‘tgan yili 810 mingga yaqin pulni qaytarish uchun arizalar kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, bo‘lajak musobaqalarga 1 millionga yaqin chipta allaqachon chet elga ham sotilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing