Tokio-2020: O‘zbekistonning oltin medallari 5 taga yetdi

Sport

image

Bugun, 30 avgust kuni o‘zbekistonlik Boburjon Omonov Paralimpiya o‘yinlarining Para-yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida chempion bo‘ldi.

Omonov 14.06 metr natija bilan Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Ta’kidlash kerakki, bu borada jahon rekordi ham aynan Omonovga tegishli. Boburjon BAAda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 14.31 metr natija bilan dunyo rekordini o‘rnatgan edi.

Shu tariqa O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 13 taga yetdi: 5 ta oltin hamda 4 tadan kumush va bronza.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

363

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing