Tokio-2020. O‘zbekiston ikkinchi bronza medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
28 avgust 2021
5696Bugun, 28 avgust kuni Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida Elbek Sultonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Para-yengil atletikaning F12 toifasida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Sultonov O‘zbekistonga ikkinchi bronza medalni olib keldi.
Uning dastlabki urinishda qayd etgan 15,94 metr natijasi yakunda shohsupaga ko‘tarilishiga zamin yaratdi. Bu Sultonov uchun yangi shaxsiy natija bo‘ldi. G‘oliblik jahon rekordini o‘rnatgan ispaniyalik Kim Lopesga (17,04) nasib etgan bo‘lsa, ukrainalik Roman Danilyuk (16,53) kumush medalga ega chiqdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining qo‘lga kiritgan medallari soni: 3 ta oltin, 1 ta kumush hamda 2 ta bronzani tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugunning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyasi 2 ta oltin ham yutdi. Para-atlet Nozimaxon Qayumova hamda Mohigul Hamdamova Paralimpiya chempioni bo‘ldi.
LiveBarchasi