Tokio-2020 tugadi: Olimpiada bayrog‘i Parij meriga topshirildi

Olam

image

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax Tokio Olimpiya o‘yinlarini yopiq, deb e’lon qildi.

“XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarini yopiq, deb e’lon qilaman. Butun dunyo yoshlarini uch yildan so‘ng Parijda yig‘ilishga chaqiraman”, deydi Bax.

XOQ prezidenti Tomas Bax Olimpiada bayrog‘ini Parij meri Ann Idalgoga topshirdi. 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlari Fransiya poytaxtida 26 iyuldan 11 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.

XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimi Tokiodagi Milliy stadionda tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu Olimpiadada O‘zbekiston vakillari jami 5 ta medal (3 ta oltin, 2 ta bronza) qo‘lga kiritdi. Qayd etish kerakki, ushbu natija Markaziy Osiyoda birinchi, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) doirasida esa ikkinchi bo‘ldi. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSH vakillari 39 ta oltin, 41 ta kumush va 33 ta bronza bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinda esa 38-32-18 natijasi bilan Xitoy, uchda esa 27-14-17 ko‘rsatkichi bilan mezbon davlat — Yaponiya bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

301

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing