Tokio-2020: Nurxon Qurbonova kumush medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Tokioda davom etayotgan Paralimpiadaning para-yengil atletika bo‘yicha F54 toifasida ayollar o‘rtasida nayza uloqtirish bahslarida qatnashgan o‘zbekistonlik Nurxon Qurbonova kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Nurxon Qurbonova mazkur mashqda qayd etgan 18.38 metr natijasi unga kumush medalni taqdim qildi. Ushbu sportchi yadro uloqtirish sektorida bronza medaliga ham sazovor bo‘lgan edi.

Bu delegatsiyaning joriy Paralimpiadadagi beshinchi kumush medali bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston hisobida 7 ta oltin va 6 ta bronza medallari ham mavjud.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

166

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing