“Toqtogul” suv omborining suv sahti “o‘lik chegara”gacha tushishi mumkin

Jamiyat

image

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida O‘zbekiston bilan chegara yaqinidagi “Toqtogul” suv omborida suv hajmi kamayib bormoqda. Bu haqda Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi Elektr energetikasi muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishida aytib o‘tildi. Bu haqda "O‘zbekiston MET" AJ ma’lum qildi.

Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida energiya resurslari tanqisligi va uning tannarxi keskin oshib borayotgani, shu bilan birga, dunyo va mintaqada suv tanqisligi tufayli kuzatilayotgan energetika inqirozi muhokama etildi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan Qirg‘iziston Energetika va sanoat vaziri o‘rinbosari Taalaybek Ibrayev ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan “Toqtogul” suv omborining suv sahti “o‘lik chegara” darajasigacha tushishi ehtimoli borligini ta’kidladi. Bu holat mintaqada kelgusi yil vegetatsiya davrini muvaffaqiyatli o‘tishga imkon bermaydi va o‘z-o‘zidan ma’lumki, “Toqtogul” suv omboriga tutash daryolar oqib o‘tadigan qo‘shni mamlakatlarga xususan, O‘zbekistonga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Negaki qishloq xo‘jaligida vegetatsiya davrida O‘zbekiston ekin maydonlari uchun "Toqtogul" suv ombori suvidan ham foydalanadi.

Vaziyatni o‘nglash uchun Qirg‘iziston elektr energetika tizimiga qo‘shni davlatlardan yordam olish zaruriyati mavjudligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining “Yagona energiya tizimining tizim operatori” AJga MO BET faoliyatida kuzatuvchi maqomi berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazining 2021 yildagi ish faoliyati yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasini tayinlash hamda Markazning 2019 yil - 2022 yil uchun xarajatlar smetasi, tarkibiy tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

262

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing