Toqeav xushomadga qanday qaraydi?
Olam
−
22 iyul 2019
3429Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev o‘ziga aytiladigan xushomadlarga ahamiyat bermaydi. Bu haqda uning o‘zi Aleksey Privovarovning “Prezident 2.0” hujjatli filmida aytib o‘tdi.
“Menga ko‘p ham xushomadlar bo‘lmaydi. Balki, bu men unga ahamiyat bermasligim bilan bog‘liqdir. Ochiq aytsam, nafaqat ahamiyat bermayman, xushomad menga umuman yoqmaydi. To‘g‘ri allaqachon bunga harakatlar boshlangan. Ba’zilar O‘zbekistonga tashrifimdan keyin “qoyilmaqom”, “bunaqasi bo‘lmagan”, “siz juda yaxshi ko‘rindingiz” kabi hushomadlarni eshitdim”, degan Toqayev.
Toqayev inson uchun eng yaxshi hakam uning o‘zi ekanini ta’kidlagan. U qachon “yomon ko‘ringani va xato qilganini” o‘zi yaxshi bilishini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toqea 9 iyun kuni o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra Qozog‘iston Prezidenti etib saylandi. U mamlakatni 30 yil davomida uzluksiz boshqargan Nursulton Nazarboyevning o‘rnini egalladi.
LiveBarchasi