Toqayev prezidentlik qasamyodini qabul qildi
Olam
−
12 iyun 2019
3985Joriy yilning 9 iyun kuni Qozog‘istonda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Qosim-Jomart Toqayev bugun, 11 iyun kuni qozoq xalqi oldida rasman qasamyod qabul qildi.
“Qozog‘iston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish, Qozog‘iston konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berish, Qozog‘iston Respublikasi prezidenti sifatida zimmamga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarish uchun tantanali ravishda qasamyod qilaman”, deb aytib o‘tdi tantanali marosimda Toqayev.
Qosim-Jomart Toqayev inauguratsiya marosimida qozoq tilida qo‘lini Konstitutsiyaga qo‘ygan holda qasamyod qabul qilganidan so‘ng, rasman prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi.
Ma’lumot uchun 70,96 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan Toqayev endi mamlakatni keyingi 5 yil davomida boshqaradi.
LiveBarchasi