Toqayev Qozog‘istondagi mudhish YTH haqidagi xabarini o‘chirib tashladi

Olam

image

Xabaringiz bor, bugun tongda Qozog‘iston hududida Olmaota-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus yo‘l-troansport hodisasiga uchragan edi. YTH natijasida 11 kishi vafot etgani haqida ma’lum qilgan edik.

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Tvitterdagi profilida bugungi fojiaga oid tvit qoldirilgan edi. Unda halok bo‘lgan barcha 11 nafar shaxslar O‘zbekiston fuqarosi ekanligi qayd etilib, marhumlarning qarindoshlariga hamdardlik bildirilgan va O‘zbekiston Prezidentiga telegramma yo‘llagani ta’kidlangan edi.

Ammo hozirda Qozog‘iston Prezidenti noma’lum sabablarga ko‘ra, ushbu tvitni o‘z sahifasidan o‘chirib tashlagan.

Oldinroq, O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi halok bo‘lganlarning hammasi O‘zbekiston fuqarolari emasligini ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra fojeada vafot etganlarning 3 nafari o‘zbekistonlik bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart Toqaev

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing