Tog‘ qiyaliklarida koreyalik sayyohlar guruhi yo‘qolib qoldi

Olam

image

Nepaldagi tog‘lardan birida ro‘y bergan ko‘chki oqibatida janubiy koreyalik sayyohlar guruhi yo‘qolib qoldi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 17 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan 11 nafar o‘qituvchidan iborat guruh Annapurna tog‘i qiyaliklariga ko‘tarilishgan. Guruhning bir qismi qochishga muvvaf bo‘lgan. Tirik qolgan besh nafar sayyoh xavfsiz joyga yetkazilgan.

“Hodisa joyiga Janubiy Koreya TIV vakillari va yo‘qolgan turistlarning oila a’zolari yetib kelishgan. G‘oyib bo‘lgan o‘qituvchilarni qidirish ishlari hamon davom etmoqda”, deyiladi xabarda.  

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing