Tijorat banklarida dollar kursi 11 200 so‘mdan oshdi
Jamiyat
−
15 mart 2022
6150Xabaringiz bor, O‘zbekistonda 1 dollarning rasmiy kursi 34,97 so‘mga oshib, 11 ming 33,03 so‘mni tashkil etmoqda. Shu sabab ayrim tijorat banklari ham dollar kursini kun sayin oshirishda davom etyapti.
Bugun, 15 mart kuni tijorat banklarida dollar kursi 11 205 so‘mgacha ko‘tarildi. Endi odamlar 1 dollarni 11 205 so‘mga sotib olishi yoki 11 150 so‘mga sotishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Davlat byudjetidagi prognozlarga ko‘ra, 2022 yilda ushbu valyuta kursi 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi taxmin qilingandi.
Ma’lumot uchun, AQSH dollarining o‘zbek so‘miga nisbatan rasmiy qiymati 3 martdan buyon ko‘tarilib kelmoqda. 11 mart kuni ilk marta dollar kursi 11 ming so‘mdan oshdi.
LiveBarchasi