Tijorat banklarida ham dollar kursi 11 000 so‘mdan pastladi
Jamiyat
−
21 iyun 2022
11152O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollarning sotuv kursi bir necha oydan beri birinchi marta 11 000 so‘mdan pastladi.
Bugun, 21 iyundan tijorat banklari dollarni 10 980 – 10985 so‘m oralig‘ida sotishni boshladi.
O‘z navbatida, banklar AQSH dollarini 10 900 – 10 970 so‘mdan sotib olyapti.
Ma’lumot uchun, Markaziy bank dollarning 21 iyun amalda bo‘ladigan kursini 10 928,12 so‘m etib belgilagan.
Eslatib o‘tamiz, tijorat banklarida dollarning sotuv kursi joriy yilning 11 martidan beri 11 000 so‘mdan yuqori bo‘lib kelayotgandi.