Tijorat, hordiq, davolanish: Xorijliklar O‘zbekistonga nima maqsadda kelmoqda?
Bu qiziq
−
20 mart 2023
4334O‘zbekistonga kelayotgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari ma’lum qilindi. Bu bo‘yicha Statistika agentligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonga so‘ngi 2 oyda 11 ming nafar xorijlik davolanish maqsadida kelgan.
Agentlikning ma’lum qilishicha, 2023 yilning yanvar-fevral oylarida 871 ming nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
2023 yilning yanvar-fevral oylarida mamlakatga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
- qarindoshlarni yo‘qlash – 777,6 ming kishi;
- dam olish – 58 ming kishi;
- xizmat yuzasidan – 16,9 ming;
- davolanish – 11 ming kishi;
- tijorat – 5,5 ming kishi;
- o‘qish maqsadida – 2 ming kishi.
LiveBarchasi