TIV Buyuk Britaniyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha aeroportlar faoliyati vatincha to‘xtatilishi ma’lum qilingan edi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi.

Ta’kidlanishicha, aeroportlar vaqtincha yopilishi munosabati bilan Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga charter reysini amalga oshirish imkoniyati mavjud emas.

Murojaatda aytilishicha, Buyuk Britaniyadagi O‘zbekiston elchixonasi mamlakatga qaytishni istagan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirilayotgani aytilgan. Shuningdek, parvozlarni tashkil qilish imkoniyati tug‘ilsa, qo‘shimcha ravishda xabar berilishi ma’lum qilingan.

"Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari koronavirus bilan kasallanishning oldini olish uchun o‘ta zarurat bo‘lmaganda vaqtinchalik yashash joylaridan chiqmaslik, xavfsizlik choralariga va Buyuk Britaniya hukumati tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga, jumladan, ijtimoiy masofa saqlash bo‘yicha talablarga rioya qilishlari lozim", deyiladi TIV murojaatinomasida.

Ta’kidlanishicha, Buyuk Britaniyaning vizasi muddati tugayotgan fuqarolar immigratsiya xizmatiga 0800 678 1767 raqami orqali murojaat qilish yoki [email protected] elektron pochta manziliga xabar yuborish orqali viza muddatini 2020 yil 31 maygacha uzaytirishi mumkin.

"Elchixona vatandoshlarni, ayniqsa, talabalarni bir-birlariga o‘zaro yordam va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatishga, muhim va foydali ma’lumotlarni, jumladan, ijtimoiy-maishiy muammolarni hal qilish bo‘yicha maslahatlarni baham ko‘rish hamda yolg‘on ma’lumotlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, murojaatda London shahridagi O‘zbekiston elchixonasi ayni paytda Buyuk Britaniyada bo‘lgan va murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatish va bunda o‘zbek diasporasi vakillarini ham jalb qilish bilan shug‘ullanayotgani aytilgan. Agar Buyuk Britaniyadagi fuqarolar shu kabi vaziyatga tushib qolsa, Operativ shtabga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilinishi so‘ralgan:

Sultanbek Imamov, konsul, +44 (0) 7920443049
Aliyor Tilavov, maslahatchi, +44 (0) 7741892812
Ravshan Duschanov, 2-kotib, +44 (0) 7825221946
Shoxruz Samadov, attashe, +44 (0) 7780687935
Veb-sayt: https://www.uzembassy.uk
Elektron pochta: [email protected], [email protected]
Facebook'dagi sahifa: https://www.facebook.com/uzemb.lon.3

Abduxakim Maxmudov, “Uzbekistan Airways” AJning London shahridagi vakili:
Tel.: +44 (0) 207 0342090, +44 (0)7783644945
Veb-sayt: https://www.uzairways.com/uz
Elektron pochta: [email protected]


Maqola muallifi

Teglar

TIV O'zbekiston Buyuk Britaniya London

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing