Tite iste’foga chiqishini e’lon qildi

Sport

image

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatini tark etganidan so‘ng iste’foga chiqishini e’lon qildi. Uning o‘yindan keyingi matbuot anjumanidagi so‘zlaridan “Relevo” nashri Twitter’da iqtibos keltirgan.

“Aytganimdek, mening davrim tugadi. Buni bir yarim yil oldin aytgandim. Men bir so‘zli odamman”, deydi mutaxassis.

Ma’lumot o‘rnida, 61 yoshli mutaxassis Braziliya terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida jamoa 2019 yilda Amerika kubogida g‘olib chiqdi va ikki marta Jahon chempionatining chorak finaliga chiqdi, 2018 yilda Belgiyaga, 2022 yilda Xorvatiyaga mag‘lub bo‘ldi.

9 dekabr kuni Braziliya terma jamoasi chorak final uchrashuvida Xorvatiyaga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda jamoalar bittadan gol urdi. Natijada uchrashuv penaltilar seriyasida 2:4 hisobida yakunlandi.

Avvalroq 8 dekabr kuni futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike terma jamoa JCH-2022 1/8 final bosqichidan chiqib ketganidan so‘ng o‘z lavozimini tark etgani xabar qilingandi. U bilan birga butun murabbiylar shtabi jamoani tark etdi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing