Titanlar jangi: Apple Facebook dasturini o‘chirib yuborish bilan tahdid qildi

Texnologiya

image

Apple Facebook dasturini App Store’dan olib tashlash bilan tahdid qildi. Bunga ushbu ijtimoiy tarmoqda odam savdosi haqidagi xabarlar tarqalgani sabab bo‘lgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” gazetasi yozmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu mojaroning ildizi BBC nashrining 2019 yilgi jurnalistik surishtiruviga borib taqaladi. Aniqlanishicha, odam savdogarlari Facebook orqali uy ishchilarini sotgan. 

WSJ gazetasining xabar berishicha, ijtimoiy tarmoq ma’muriyati vaziyatdan xabardor bo‘lgan. Tarmoqqa joylangan ba’zi e’lonlar o‘chirilgan bo‘lsa-da, Facebook ushbu muammoga qarshi kurashish yo‘lida hech qanday dadil harakatlar amalga oshirmagan. 

WSJ gazetasida Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi e’longa aldanib qolgan 28 yoshli keniyalik Patrisiya Kimani haqida hikoya keltirilgan. 

Facebook Employees Flag Drug Cartels and Human Traffickers. The Company's  Response Is Weak, Documents Show. - WSJ

Qiz Facebook’da bepul aviabilet va viza va’da qilingan “bo‘sh ish joyi” haqida e’lon ko‘rib qoladi. E’lon bo‘yicha unga Ar-Riyodda farroshlik va oyiga 300 dollar maosh va’da qilingan. Keniyaning poytaxti Nayrobi aeroportida ishga yollovchi agent Kimaniga shartnoma tuzishni taklif qilgan. Biroq, qiz uning shartlariga rozi bo‘lishni istamagan. Chunki, shartnomaga ko‘ra, uning maoshi past edi, shartnomani faqat ish beruvchi bekor qilishi mumkin edi (agar xodim shartnomani buzsa, vizasidan ayrilardi). 

Qiz shartnoma tuzishdan dastlab bosh tortgan. Biroq, Kimanidan agentlikka “kompensatsiya” to‘lash talab qilingan. Shunda qiz yuqoridagi shartnomaga rozi bo‘lib, Saudiya Arabistoniga uchib ketishga majbur bo‘lgan. 

Ar-Riyodga kelgan muhojir qiz juda qiyin ahvolga tushib qolib, agentlikka ketmoqchiligini aytadi. Biroq agentlik buning uchun 2 ming AQSH dollari talab qilgan. Qizning esa bunday puli yo‘q edi va u Facebook ustidan shikoyat qilgan. Natijada, u Xalqaro migratsiya tashkiloti yordamida o‘z vataniga qaytishga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made