“Titanik”, “Avatar” filmlari prodyuseri navbatdagi filmini O‘zbekistonda suratga oladi
Madaniyat-san’at
−
03 iyun 2019
10273Amerikalik mashhur prodyuser Lourens Alan Kasanoff O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi a’zolari hamrohligida Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarini o‘zining navbatdagi filmi uchun lokatsiyalar tanlash maqsadida ko‘zdan kechirdi.
Yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik natijasida O‘zbekistonda Gollivud blokbasterening bir qismini suratga olish ishlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, Milliy kinokomissiyasi amerikalik kinoijodkorlarning O‘zbekistonda mazkur filmni tasvirga olishini tashkil qilish va AQSHdan kelgan kinoijodkorlarga tasvirga olish jarayoni davomida to‘liq ko‘mak ko‘rsatish masalasida kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, Lourens Kasanoff “Mortal Combat” franshizasi asoschisi, “Terminator”, “Lego-yulduzlar jangi” kabi filmlar prodyuseri hisoblanib, “Terminator 2: Judgment Day” (Terminator 2: Qiyomat kuni) kartinasi uchun Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan. U Arnold Shvarsenegger bosh qahramon rolini ijro etgan va Djeyms Kemeron rejissyorlik qilgan “True Lies” (Chin yolg‘onlar) filmida ijrochi prodyuser vazifasini bajargan.
Lourens Kasanoff 1990 yil kinorejisser Djeyms Kemeron bilan birgalikda “Lightstorm Entertainment” kinokompaniyasiga asos solgan. Ushbu kinokompaniya shu kungacha “Titanik”, “Avatar” singari filmlar prodyuserligi bilan shug‘ullangan. Lourens 200 dan ortiq filmlar yaratilishda ishtirok etib, kinobiznesda milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan.
LiveBarchasi