Tishlar salomatligida nimalarga e’tibor berish kerak?
Salomatlik
−
27 noyabr 2021 8820 1 daqiqa
Tishlarni davolashda pulni tejash uchun ularni yumshoq cho‘tka bilan yuvish kerak. Bu haqda stomatolog-ortoped Dmitriy Dedkov ma’lumot berdi.
Tish shifokorining fikriga ko‘ra, kelajakda tish davolash xarajatlarini kamaytirish uchun shaxsiy gigiyenaning bir nechta qoidalariga rioya qilish kerak.
Dedkov tishlarni kuniga ikki marta yumshoq cho‘tka yordamida yuvish kerakligini ta’kidlagan.
“Irrigator va tish ipidan foydalanishni unutmang”, degan u.
Tish shifokori, shuningdek aql tishlarini oldirib tashlashni tavsiya qilgan. Bundan tashqari, u tish va milklar holatini o‘z vaqtida monitoring qilish zarurligini eslatgan.
“Ayniqsa og‘iz bo‘shlig‘i muammolariga moyil bo‘lgan odamlar buni bajarishi kerak.
Gigiyenistga tashrif buyuring! U sizni tish holatidan xabardor qiladi va shaxsiy gigiyena qoidalarini to‘g‘ri bajarishga o‘rgatadi. Agar farzandlaringiz bo‘lsa, ularni ham imkon qadar nazorat qiling”, deb ta’kidlagan mutaxassis.
Dedkovning so‘zlariga ko‘ra, stomatologlar ota-onalarga farzandlari 8-10 yoshga to‘lgunga qadar ularning tishlarni tozalash jarayonini kuzatishni tavsiya qiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025