“Tishlab bo‘lsa ham g‘alaba qozoning”. Bahodir Jalolov futbolchilarga finalda omad tiladi (video)

Sport

image

Ertaga, 18 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida U-20 Osiyo chempionatining final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahsda mezbon – O‘zbekiston jamoasi iroqlik tengqurlariga qarshi bahs olib boradi. 

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev va Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov internet orqali futbolchilarni final bilan tabriklab, ularga Iroqqa qarshi o‘yinda omad tilashdi.

“Futbolchi askarlar Iroqqa qarshi o‘yinda sizlarga omad tilayman. Faqat o‘zingizga ishoning. Tempni tushirmang” deydi To‘lqin Qilichev.

Bahodir Jalolov ham yosh futbolchilarimizga o‘z maslahatlarini berib o‘tdi.

“Tishlab bo‘lsa ham g‘alaba qozoning. Finalda omad!”, deydi Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, U-20 Osiyo chempionatining chorak finalida mezbonlar Avstraliya vakillarini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, shu yili Indoneziyada bo‘ladigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Yarim finalda O‘zbekiston U-20 futbol lotoreyalarida Janubiy Koreya vakillaridan ustun keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing