Tishim — sog‘lom bo‘lsin desangiz...
Salomatlik
−
22 may 2019
6055Olimlarning aytishicha, tishlarimizning salomatligi barcha a’zolarimiz faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Nosog‘lom tishlar esa og‘riq beribgina qolmay, oshqozon, ichak va boshqa tana a’zolarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Shuning uchun, bolalikdan tishlarimizning sog‘lom bo‘lishiga alohida e’tibor bilan qarash kerak.
Tish bilan bog‘liq muammolar kamida olti oyda rivojlanadi. Shu bois bir yilda ikki marta stomatologga borish joiz. Gazli ichimliklar, yangi siqilgan sharbatlar tish uchun zararli. Ularda emalni yemiruvchi meva kislotasi konsentratsiyalangan ko‘rinishda bo‘ladi. Karamel, iris va obaki esa og‘izda uzoq vaqt turib, patogen makrofloralar ko‘payishi uchun qulay sharoit yuzaga keltiradi. Shokolad tarkibidagi kakao bakteriyalar ko‘payishining oldini olishi tufayli tishlar uchun xavfsizroqdir.
Tishlar mustahkam bo‘lishi uchun organizmga kalsiy va ftor zarur. Kalsiy esa D vitamini yordamida o‘zlashtiriladi. Ovqatlanish ratsioningizga D vitamini manbalari — buzoq go‘shti, parranda go‘shti, tuxum, saryog‘, dengiz balig‘i; kalsiy manbalari — qatiq, pishloq, ismaloq, brokkoli; ftor manbalari — qora choy, qora non, baliqni kiriting.
Tish bilan yong‘oq chaqish, butilka qopqog‘ini ochish, ip uzish aslo mumkin emas. Bundan tashqari, tishlarni qattiq siqish va ayniqsa, g‘ichirlatish odati ham zararlidir.
LiveBarchasi