Tinchlik uchun Ukrainaning NATOga qo‘shilishdan bosh tortishi yetarli emas – Medvedev

Olam

image

Ukrainaning NATOga qo‘shilishdan bosh tortishi tinchlikka erishish uchun zarur, ammo yetarli shart emas, Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari zarur. Bu haqda kecha, 26 avgust kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Fransiyaning LCI telekanaliga bergan intervyusida aytgan.

“Shimoliy Atlantika ittifoqida ishtirok etishdan bosh tortish hozir tinchlikka erishish uchun zarur, ammo yetarli shart emas.  Xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqish kerak. Kafolatlar ishlab chiqilishi, kelishuvga erishilishi, barcha tomonlar muhri bosilishi operatsiyani to‘xtatish uchun yetarli shart bo‘ladi”, deydi Medvedev.

Shuningdek, Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Rossiya muzokaralarga tayyor ekanini, Ukraina rasmiylari esa sammit o‘tkazilishi tarafdori bo‘lgan holda ularni rad etganini qo‘shimcha qilgan.

 "Ularga mamlakatimiz Prezidenti ham, ushbu muzokaralarning boshqa ishtirokchilari ham bunday uchrashuv faqat ma’lum shartlar ostida bo‘lishi mumkinligini aytishgan", deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Medvedev telekanalga bergan intervyusida Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” Uchinchi jahon urushining oldini olish maqsadida amalga oshirilayotganini iddao qilgan

Farangiz Salimova.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

173

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing