Timur Bekmambetov Rossiyadagi kinostudiyasini sotdi

Madaniyat-san’at

image

Rossiyalik rejissyor Timur Bekmambetov o‘zining “Bazelevs” kinostudiyasining Rossiyadagi qismini uning bosh prodyuseri Lala Rustamova va tijorat direktori Timur Asadovga sotdi. Bu haqda Rustamova RBKga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Bekmambetovning vakili ham kelishuvni tasdiqlagan. Rustamovaning so‘zlariga ko‘ra, bitim “tijorat xarakteriga ega bo‘lib, bozor shartlari asosida yakunlangan”. 

“Ushbu bitim 2022 yildagi barcha daromadimizdan tushgan pullar evaziga tuzildi. Bular birinchi navbatda, “Yolok 9” va boshqa filmlar prokatidan tushgan to‘lovlar, VOD platformalarida (onlayn kinoteatrlar, striming va boshqa internet platformalari) kontentga bo‘lgan huquqlarni sotish va televideniye huquqlaridan olingan daromad”, deydi kompaniyaning yangi rahbari Rustamova.

Lekin u shartnomaning aniq miqdorini aytmagan.

Qayd etilishicha, bitim faqat rus tilidagi kontentga bo‘lgan huquqlarni saqlab qoladigan Rossiya yuridik shaxsi “Bazelevs” MCHJga tegishli.

Ma’lumot o‘rnida, Timur Bekmambetov 1994 yilda “Bazelevs” kompaniyasiga asos solgan. 2004 yilda kinokompaniya Sergey Lukyanenkoning “Tungi kuzatuv” romani asosida film suratga oldi. U yilning eng ko‘p daromad keltirgan filmiga aylandi va kassada 26 million dollar yig‘di. 

2006 yildan beri “Bazelevs”ning Los-Anjelesda ham vakolatxonasi bor, u alohida kompaniya hisoblanadi. Uning ishtirokida Gollivudning "Izlangan", "Prezident Linkoln: Vampir ovchisi" va "Xardkor" kabi filmlari chiqarildi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing