“Time” 2020 yilni tarixdagi eng yomon yil deb e’lon qildi

Olam

image

Amerikaning “Time” jurnali 2020 yilni hozirgi avlod uchun dunyo tarixidagi eng yomon yil deb e’lon qildi.

Nashrning yangi soni muqovasida 2020 raqami va uning ustiga qizilda krest chizib qo‘yilgan. Pastda esa shunday yozilgan: “Eng yomon yil”.

Shu nomli maqolani amerikalik kinotanqidchi Stefani Zacharek yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sayyora aholisining katta qismi avval bu darajadagi “dahshatli yil” bilan to‘qnash kelmagan.

“Ko‘pchiligimiz tabiatga qanchalik xiyonat qilganimizni tasdiqlovchi tabiiy ofatlar, xayolotga asoslangan tanlovlar va ehtimol ko‘rshapalakdan kelib chiqqan hamda sayyoradagi barcha odamlarning hayotini o‘zgartirib, 1,5 millionga yaqin odamning o‘limiga sabab bo‘lgan virusga tayyorlaan olmadik”, degan Zacharek.

Shu bilan birga, muallif AQSH va butun dunyo tarixida 2020 yildanda yomonroq vaqtlar bo‘lganini ta’kidlagan. Biroq bu uzoq o‘tmishda bo‘lgan va tiriklardan kamchilik jahon urushlari yillari, 1918 yildagi pandemiya va Buyuk depressiya yillarini eslaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Time

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing