Tilla kavlash paytida 40-50 kishini tuproq bosib qolgani aytilmoqda
3-sahifa
−
17 noyabr 2021
17898Bugun, 17 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida tilla qumini kavlash paytida 40-50 kishini qum bosib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga Favqulodda vaziyatlar vazirligi munosabat bildirib, quyidagilarni ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilgan va 40-50 kishining qum bosib qolganligiga oid ma’lumot o‘z isbotini topmagan.
Biroq, joriy yilning 13 noyabr kuni Navoiy viloyatida qum bosib qolishi oqibatida o‘lim yuz berish holati sodir bo‘lgan. Soat taxminan 22:00 da Konimex tumanida joylashgan Lolazor nomli cho‘l hududida bir guruh fuqaro tuproq tarkibidan tilla qumlarini kavlab olish bilan shug‘ullangan va kutilmaganda qum ostida qolgan. Oqibatda 4 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.
Xabarga ko‘ra, surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi