Tixanovskaya Belarusda namoyishlar qachon qayta boshlanishini ma’lum qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Belarus muxolifati yetakchisi, prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Respublikada namoyish ishtirokchilarining “bahorgi faoliyati” 25 martda qayta boshlanishini kutmoqda. Bu haqda Tixanovskaya “Ukrainform” bilan suhbatda aytib o‘tgan.

“25 martdagi Ozodlik kuniga bag‘ishlangan aksiyaning formati hozircha ma’lum emas. Ammo bu bahorgi faoliyatning boshlanishi bo‘ladi”, deydi Tixanovskaya.

Shu bilan birga, siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, hozir Belarusdagi voqealar qanday va qanchalik tez rivojlanib borishini baholash qiyin.

Tixanovskayaning ta’kidlashicha, bunga bir vaqtning o‘zida ko‘plab omillar, shu jumladan mamlakat iqtisodiy holati, amaldorlar va xavfsizlik idoralari xodimlarining kayfiyati, belaruslarning harakatlari, Yevropa davlatlari va dunyo hamjamiyatining munosabati ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Muxolifat yetakchisining fikricha, jarayonning qanday borishiga hatto koronavirusga qarshi ko‘rilgan choralar va ob-havo ham ta’sir qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil 9 avgustda Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida 80,1 foiz ovoz to‘plagan Aleksandr Lukashenko oltinchi marta g‘alaba qozondi. Shundan so‘ng, Lukashenkoning g‘alabasidan norozi bo‘lgan aholining mamlakat poytaxti Minsk va boshqa mintaqalar bo‘ylab tartibsizlik va namoyishlari boshlanib ketdi.

Tarqoqlik paytida xavfsizlik kuchlari maxsus vositalar va jihozlardan foydalandi. Rasmiylar uch nafar namoyishchining o‘limini tasdiqlagan.

Namoyishlar asta-sekin o‘z xususiyatini mahalliy va kichik songa o‘zgartirdi. Joriy yilning 11 fevral kuniga kelib esa Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi mamlakatdagi vaziyat barqarorlashgani va avjiga chiqqan norozilik namoyishlari deyarli tugagani to‘g‘risida xabar berdi.

Muxolifat rahbari Svetlana Tixanovskaya esa Belarus Prezidenti saylovida g‘olib bo‘lganini ta’kidlab kelmoqda. U ayni damda Latviyada bo‘lib turibdi. Lekin Belarusga qaytishni hamda bahorda qayta namoyishlar boshlashni rejalashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing