Tiffany aksiyadorlari LVMH bilan birlashishga rozi bo‘ldi
Olam
−
31 dekabr 2020
2677Amerikaning Tiffany & Co. kompaniyasi aksiyadorlari Fransiyaning LVMH kompaniyasi bilan birlashishni ma’qulladi. Bu haqda Amerika kompaniyasiga asoslanib xabar berilgan.
"Aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig‘ilishida 99 foizdan ortiq ovozlar bitimni yakunlash uchun berilgan", deyilgan xabarda.
LVMH va Tiffany 2019 yilning noyabrida savdo bo‘yicha kelishib olgan. Bitim 15,8 milliard dollarga baholangan. Birlashishni joriy yilning 24 avgustida yakunlash rejalashtirilgan edi, ammo bu vaqtga qadar regulyatorlar bitimni ma’qullamagan. Endi uni 2021 yil boshida yakunlash kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Fransiyaning LVMH kompaniyasi Louis Vuitton, Givenchy, Guerlain, Kenzo, Moet & Chandon, Hennessy va boshqa savdo markalariga egalik qiladi. Amerikaning Tiffany & Co. kompaniyasi esa zargarlik buyumlari, qimmatbaho mahsulotlar va boshqa aksessuarlar ishlab chiqaradi.
LiveBarchasi