TIF “O‘zmilliybank” AJ shaklida qayta tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 30 noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Ushbu qaror bilan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyat shaklida qayta tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi davlat nomidan “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning ta’sischisi hisoblanadi.

Qarorda “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ faoliyatining asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi: 

•    xorijiy kredit liniyalari, xalqaro kapital bozoridagi resurslar, xorijiy investorlar mablag‘larini jalb qilish orqali iqtisodiyotning ustuvor sektorlarida yirik investitsion loyihalarni faol ravishda kreditlash;

•    xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini oshirish uchun innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish;

•    kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga bank xizmatlarini, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalarida moliyaviy maslahatlar berish va axborot ko‘magini ko‘rsatish;

•    aholiga chakana bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda bank xizmatlarining yangi turlarini joriy etish;

•    birinchi navbatda milliy valyutadagi uzoq muddatli mablag‘larni safarbar qilish hisobiga bank faoliyatini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish;

•    savdo-eksport moliyalashtirish biznesi mahsulotlarini rivojlantirish va uning geografiyasini kengaytirish, shuningdek, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, eksport qiluvchilarga konsalting xizmatlarini taqdim etish;

•    korporativ mijozlarga investitsion banking, jumladan, ichki va tashqi bozorlarda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish.

Jumladan, AJ aholiga chakana bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantiradi, AKTdan foydalangan holda bank xizmatlarining yangi turlarini joriy etadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zmilliybank

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing