Tibbiyot muassasasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga pora olganlar ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida tibbiyot muassasalariga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Oltiariq tumani Markaziy poliklinikasi xodimasi N.R. fuqaro D.U.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida tuman Tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da bergan va bu ishi evaziga 1 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimasi P.D. fuqaro N.G.ning ishonchiga kirib, uni tibbiyot muassasalarining biriga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 15 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati va Toshkent shahrida Bojxona va Soliq qo‘mitalarining xodimlari pora olayotganida ushlangandi.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Qoraqalpog'iston tibbiyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing