Tibbiyot buyumlarini noqonuniy sotishga uringan SSB xodimi ushlandi (video)
3-sahifa
−
01 mart
4038Toshkent viloyatida tibbiyot buyumlarini noqonuniy sotishga uringan Sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimi boshqarmaga qarashli Maxsus tibbiy ta’minot bazasida saqlanayotgan tibbiyot buyumlarini xaridorga hujjatlarni qalbakilashtirish orqali 57 ming 880 dollarga sotishga kelishib, oldindan 40 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 209-moddasining (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AT “Xalq banki” Qo‘qon universal bank xizmatlari markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, kompyuter texnika vositalaridan foydalanib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgandi.
LiveBarchasi