Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohiblari e’lon qilindi
Olam
−
05 Oktabr 2020
6920Fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofotiga amerikalik olimlar Xarvi Olter va Charlz Rays hamda britaniyalik virusolog Maykl Houton munosib ko‘rildi. Mukofot gepatit S virusini topganlik uchun taqdim etildi. Bu haqda Nobel qo‘mitasi xabar berdi.
“Tarixda ilk bor gepatit S virusini davolash mumkin. Tibbiyot sohasidagi mukofot sovrindorlarining kashfiyotlari surunkali gepatit bilan kasallanishning asosiy sabablarini ochib berdi va qon tahlilini o‘tkazish va millionlar hayotini saqlab qolish uchun yangi dorilarni taqdim etdi”, dedi Karolina tibbiyot instituti huzuridagi Nobel qo‘mitasi vakili.
BREAKING NEWS:
— The Nobel Prize (@NobelPrize) October 5, 2020
The 2020 #NobelPrize in Physiology or Medicine has been awarded jointly to Harvey J. Alter, Michael Houghton and Charles M. Rice “for the discovery of Hepatitis C virus.” pic.twitter.com/MDHPmbiFmS
Ma’lumot uchun, Shvetsiya va Norvegiyada 5 oktyabr kuni Nobel haftaligi boshlandi. Haftalik davomida ushbu nufuzli mukofotning 2020 yildagi sovrindorlari aniqlanadi.
Stokgolmdagi Nobel qo‘mitasi 6 oktyabr, seshanba kuni — fizika, 7 oktyabr chorshanba kuni — kimyo, 8 oktyabr, payshanba kuni esa adabiyot bo‘yicha sovrindorlarini e’lon qiladi.
Eng nufuzlilardan biri hisoblanadigan dunyoda tinchlik o‘rnatishga hissa qo‘shganlik uchun mukofot sovrindori, an’anaga ko‘ra, Osloda e’lon qilinadi. Marosim 9 oktyabr, juma kuniga belgilangan.
LiveBarchasi