Tibbiy ta’lim tizimida maxsus kurslar joriy etiladi

Jamiyat

image

Tibbiy ta’lim tizimiga “Tibbiyot xodimlari ma’naviyati”, “Shifokor madaniyati” kabi maxsus kurslar joriy etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash xodimlari bilan muloqot chog‘ida tibbiyot xodimlarining ma’naviyati, axloq-odobi masalasiga to‘xtalib, aytib o‘tdi.

“Albatta, soha mutaxassislari o‘z kasbini chuqur bilishi shart. Lekin, har tomonlama yetuk shifokor bo‘lish uchun buning o‘zi yetarli emas. Shuning uchun, tibbiy ta’lim tizimiga “Tibbiyot xodimlari ma’naviyati”, “Shifokor madaniyati” kabi maxsus kurslarni joriy etish lozim.

Fursatdan foydalanib, ijodkor ziyolilarimiz e’tiborini bir masalaga qaratishni istardim. Biz pandemiya sharoitida shifokorlarimizning o‘z kasbiga, muqaddas qasamyodiga sadoqati va fidoyiligiga takror va takror guvoh bo‘lmoqdamiz. Buning uchun, ularga barchamiz va xalqimiz nomidan yana bir bor rahmat aytamiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan so‘ng, davlat rahbari el-yurt orasida hurmat qozongan, chinakam matonat va jasorat sohibi bo‘lgan shifokorlar obrazi tarannum etilgan badiiy asarlar yetarlicha yaratilmayotganini ta’kidladi.

“Jonkuyar tibbiyot xodimlarining mashaqqatli va sharafli faoliyati tasvirlangan badiiy, sahna va kino asarlari, seriallarni ko‘paytirish zarur deb o‘ylayman”, degan Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing