Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga rahbarlar tayinlandi
Jamiyat
−
14 aprel 2021
2388Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining rahbarlari tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan:
- Alisher Kazakovich Inakov O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining direktori etib;
- Bahodir Karimovich Karimov Agentlik direktorining tibbiy-ijtimoiy masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib;
- G‘ayrat Xabibullevich Isroilov Agentlik direktorining moliyaviy-iqtisodiy va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
LiveBarchasi