Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi rahbarlari ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

image

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori hamda uning ikki nafar o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 14 mart kuni Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi rahbarlarini lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida qaror chiqargan.

Unga ko‘ra:

  • Alisher Qozoqivich Inaqov Tibbiy- ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining direktori lavozimidan;
  • Bahodir Karimovich Karimov Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining tibbiy-ijtimoiy masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
  • G‘ayrat Habibullayevich Israilov Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining moliyaviy-iqtisodiy va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori Shohruh Hamidovich Rahimov o‘z lavozimidan ozod qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Alisher Qozoqivich Inaqov Bahodir Karimovich Karimov G'ayrat Habibullaevich Israilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar