“O‘zbekiston temir yo‘llari” respublika bo‘ylab yo‘lovchi tashishni to‘xtatdi
Jamiyat
−
23 mart 2020
3701Hukumat maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida 2020 yilning 24 mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu tartib kompaniyaning yo‘lovchi tashish faoliyatiga tatbiq etilib, rejadagi reyslar bekor qilingan.
“Xarid qilingan chiptalar temir yo‘l kassalarida qaytarib olinadi hamda chipta pullari hech qanday foiz ushlanmasdan, o‘rnatilgan tartibda va belgilangan muddat ichida qaytarib berilishi kafolatlanadi. Elektron chiptalarni esa e-ticket.railway.uz saytidagi "shaxsiy kabinet" orqali qaytariladi”, deyiladi kompaniya rasmiy axborotida.
Ta’kidlanishicha, temir yo‘l qatnovlari Toshkent shahridan boshlanishi hisobiga boshqa hududlari orasidagi qatnovni ham amalga oshirish imkoniyat yo‘q.
Yo‘lovchi poyezdlarning harakati yo‘lga qo‘yilishi haqida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon beriladi.
Ma’lumot uchun, ushbu tartib kompaniyaning temir yo‘l orqali yuk tashish faoliyatiga ta’sir qilmaydi.
LiveBarchasi