“The Economist” yil davlatini e’lon qildi
Olam
−
22 dekabr 2020
6951Buyuk Britaniyaning dunyoga mashhur “The Economist” jurnali Afrika janubida joylashgan Malavi Respublikasini yil davlati deb e’lon qildi. Bu qarorni nashr “avtoritar hududda demokratiyaning tiklanishi” uchun deya izohladi.
Xabar berilishicha, koronavirus pandemiyasi davrida o‘nlab mamlakatlarda demokratiya va inson huquqlariga bo‘lgan hurmat sezilarli pasaygan. Malavi esa bu borada vaziyat yaxshilangan yagona davlatga aylandi.
Joriy yilning 28 may kuni Piter Mutarika Malavidagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi va ikkinchi muddatga saylandgandi. Biroq keyinroq bu natijalar bekor qilindi.
“Ovozlarni hisoblash maxsus suyuqlik bilan soxtalashtirilgan. Xorijiy kuzatuvchilar beparvolik bilan saylovni o‘tgan deb tan olgan. Malaviliklar bunga qarshi ommaviy norozilik boshladi. Natijada Konstitutsion sud prezidentlik saylovlari natijasini bekor qildi”, degan nashr.
Joriy yilning iyun oyida takroran o‘tkazilgan saylovlarda sobiq Prezident mag‘lub bo‘lgan va muholifat nomzodi Lazarus Chakver g‘alaba qozongan.
“Malavi haligacha qashshoq, lekin u yerda yashovchi odamlar — fuqaro, qul emas”, deya yozgan “The Economist”.
Eslatib o‘tamiz, “The Economist” 2019 yilda O‘zbekistonni yil davlati deb e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi