The Business Park: Toshkentning biznes kelajagi

Biznes

image

Poytaxtning yangilanib borayotgan tijoriy ko‘chmas mulki bugungi kunda katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Developerlar qancha ko‘p loyihalar ishlab chiqsa, shunchalik ko‘p investorlar qiziqishiga sababchi bo‘lmoqda, bu sohada raqobat kuchli. The Business Park — bu Toshkent uchun mutlaqo yangi format, tijoriy maydonlar sohasidagi ulkan qadam belgisidir. Biznes-parkda ayni damda yettinchi blokdagi maydonlar sotuvi boshlandi, u yerda sizni 50 kvadrat metr va undan yirik tayyor tijoriy maydonlar kutmoqda.

The Business Park Toshkentning keskin sur’atlarda rivojlanib borayotgan Maxtumquli ko‘chasida joylashgan. 1,8 gektar yer maydonini egallagan 8 ta noyob binoda umumiy zamonaviy me’moriy konsepsiya bilan birlashtirilgan turli kattalikdagi ofis maydonlari mavjud. Ular birgalikda yashil tabiatga ega ichki hovli, sayrlar uchun joylar va umumiy ovqatlanish nuqtalari bilan boyitilgan choksiz binolar ketma-ketligini hosil qiladi.

Siz xavfsizlik haqida qayg‘urmasangiz ham bo‘ladi — biznes-parkda kunu tun qo‘riqlash xizmati faoliyat yuritadi va kuzatuv kameralari ishlab turadi. Avtomobilingiz uchun ham yerosti va yerusti avtoturargohi mavjud. Maydonlar tarhlari har qanday did va ehtiyoj uchun ishlab chiqilgan. Shahar muhitida bunday ko‘p funksionallik shunisi bilan nihoyatda qulayki, u vaqt va kuchingizni tejash imkonini beradi. Negaki endi tirbandliklar odatiy holga aylanib borayotgan megapolis bo‘ylab safarlarga benzin va asablarni ketkazmay, bir joyda ham yashash, ham ishlash va ham dam olish mumkin.

Ayni damda eng maqbul joyda, ya’ni ko‘cha yuziga qaragan maydonlar sotuvi boshlangan. Yaqin orada The Business Park biznes kuchini o‘ziga jalb qilgan holda Toshkentning tadbirkorlik markazlaridan biriga aylanadi. Shu bois agar siz mablag‘laringizni manfaatli investitsiya qilishni istasangiz, buni ayni qurilish jarayonida amalga oshirgan afzal. Keyinchalik ushbu maydonlar ijarachilar orasida katta qiymatga ega bo‘ladi. Noyob imkoniyatdan foydalanib qoling va yuqori texnologik maydonlarni eng qulay narxlarda xarid qiling!

The Business Park — poytaxtdagi muvaffaqiyatli biznes timsoli!
Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi manzil orqali Golden House markaziy savdo ofisiga murojaat qiling:
Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Telefon: (+998) 99 850 11 11

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing