The Broad muzeyiga asos solgan milliarder vafot etdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Los-Anjeles shahrida 87 yoshli milliarder, filantrop, zamonaviy san’at kolleksioneri va tadbirkor Eli Broud vafot etdi. Bu haqda "Reuters" xabar bergan.  

Broudning boyligi 6,9 milliard dollarga baholanmoqda. U Forbes Real-Time'ning eng boy amerikaliklar ro‘yxatida 85-o‘rinni egallagan. 

Ta’kidlanishicha, Broud uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng, Sedars-Sinay tibbiyot markazida vafot etgan. 

Broud 1933 yilda Nyu-York shtatida tug‘ilgan va keyinchalik Detroytga ko‘chib o‘tgan. Milliarder mutaxassisligi bo‘yicha buxgalter bo‘lgan, u ko‘chmas mulk va sug‘urta bilan shug‘ullangan. 

Milliarder Los-Anjelesni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan, masalan, The Broad muzeyiga asos solgan. Muzeyga kirish tekin. Unda ikki mingta badiiy asar namoyish etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Eli Broud

Baholaganlar

8

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar