Tezkor! O‘zgidromet ogohlantirish bilan chiqdi
Bu qiziq
−
12 iyun 12848 2 daqiqa
Joriy yilning 13–15 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Sinoptiklar tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam oluvchilar va haydovchilarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan. Shuningdek, ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yomg‘ir suvlari to‘planib, past joylarni suv bosishi mumkinligi haqida ham ogohlantirilgan.
Fuqarolarga zaruratsiz ravishda sel xavfi yuqori bo‘lgan hududlarga bormaslik, tog‘li yo‘llarda harakatlanishda ehtiyotkorlik choralariga qat’iy amal qilish tavsiya etilgan.
Live
Barchasi