Tezkor! O‘zbekistonga rekord darajada jazirama yaqinlashyapti
Bu qiziq
−
13 iyul 2022
109698Joriy yilning 17-22 iyul kunlari O‘zbekistonda havo harorati 47 darjagacha ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi rahbari Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘jayev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbeiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayishi sababli kunduz kunlari havo harorati:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 44-47 darajagacha;
• Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 42-45 darajagacha;
• Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 41-43 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
LiveBarchasi