Tezkor: O‘zbekistonda 11 yashar bola koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
17 Sentabr 2020
35449O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilk bor koronavirus infeksiyasidan bolalar orasida qayd etilgan o‘lim holati haqida ma’lumot berdi. Infeksiyaning navbatdagi qurboni 11 yoshda bo‘lgan.
17 sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 134 nafarga ortib, 49 761 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
-115 nafari Toshkent viloyatida;
19 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Angren shahrida yashagan 44 yoshli X.T. (erkak) hamda Bo‘stonliq tumanida yashagan 11 yoshli M.U. (o‘g‘il bola), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun Toshkent shahrida 426 nafar, Toshkent viloyatida 109 nafar,
Namangan viloyatida 50 nafar, Andijon viloyatida 9 nafar, Sirdaryo viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida ham 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar,
Surxondaryo viloyatida 3 nafar hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib mamlakatda 46 092 (+618) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda 3 254 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Navoiy viloyatida 14 yashar bola ham koronavirusdan vafot etgandi. Ammo bu haqda vazirlik rasmiy ma’lumot bermagandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr