Tezkor: Prezident muhtoj oilalarning bolalariga maktab formasi uchun 500 ming so‘mdan pul ajratdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 avgust kuni  "Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. 

Qaror bilan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini davom ettirish  hamda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlash maqsadida:

2020 yilning sentyabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:

•    moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga;

•    boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga;

•    nogironligi bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan bolalarga.

Mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoshga to‘lmagan bola uchun 500 ming so‘m etib belgilandi.

Mazkur qarorda nazarda tutilgan mablag‘larning yordam va ko‘makka muhtoj oilalarga maqsadli va manzilli yetkazilishi yuzasidan:

•    Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi – boquvchisini yo‘qotgan oilalarning voyaga yetmagan farzandlari hamda nogironligi bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan bolalarga moddiy yordam pullarining pensiyalarni (nafaqalarni) to‘lash uchun belgilangan muddatda manzilli yetkazilishini tashkil etish bo‘yicha;

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari rahbarlari – moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan oilalarning 16 yoshga to‘lmagan farzandlari sonidan kelib chiqib, to‘lov vedomostlari shakllantirilishi hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari orqali ularga moddiy yordam pullarining o‘z vaqtida va manzilli yetkazilishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha;

•    Moliya vazirligi – zarur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan mahalliy byudjetlariga o‘z vaqtida ajratilishi bo‘yicha;

•    Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda – moddiy yordam mablag‘larini tarqatish uchun naqd pul bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ul etib belgilandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

4.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing