Tezkor: “Britancha” koronavirus O‘zbekistonda ham aniqlandi
Jamiyat
−
30 yanvar 2021
25176Butun dunyoda koronavirusning tarqalishi yangi bosqichga kirgani hech kimga sir emas. Bunga virusning "britancha shtammi" ham sabab bo‘lmoqda. Afsuski, bugun, 30 yanvar kuni infeksiyaning "britancha shtammi" O‘zbekistonda ham aniqlandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati ma’lum qildi.
"COVID-19 ning “britancha shtamm”i yurtimizda ham ilk bor qayd etildi", degan Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ana shu vaziyatdan kelib chiqib, yana bir bor aholini hushyorlikka, jamoat hamda ish joylarida tibbiy niqobni to‘g‘ri va doimiy tarzda taqib yurishga, ijtimoiy masofani saqlash, qo‘llarni muntazam yuvib turish kabi kundalik odatlarni kanda qilmaslikka chaqirib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallangan ilk bemor o‘tgan yilning 16 mart kuni Fransiyada bo‘lib qaytgan ayolda aniqlangandi.
LiveBarchasi