Tez tibbiy xizmatning 3 ta “xo‘jayini” bor – Prezident

Jamiyat

image

Tez tibbiy yordam brigadasi kechikib kelishi bo‘yicha 2021 yilning o‘zida viloyatlardan 50 mingdan ziyod shikoyat kelib tushgan. Sababi, sohada yagona boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilmagan, ya’ni tez tibbiy xizmatning 3 ta “xo‘jayini” bor. Bu haqda bugun, 5 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shoshilinch va tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash hamda uni aholiga yanada yaqinlashtirish chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida so‘z yuritdi.

Yig‘ilishda viloyat shoshilinch markazlarida 40 dan ziyod yuqori texnologik operatsiyalar yo‘lga qo‘yilgani qayd etilib, davlat rahbari tibbiyot sohasi vakillar bilan ochiq muloqotda tez yordam xizmatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab masalalar ko‘tarilganini ko‘rsatib o‘tdi.

“Misol uchun, tez tibbiy yordam brigadasi kechikib kelishi bo‘yicha 2021 yilning o‘zida viloyatlardan 50 mingdan ziyod shikoyat kelib tushgan. Sababi, sohada yagona boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilmagan, ya’ni tez tibbiy xizmatning 3 ta “xo‘jayini” bor.

Jumladan, tibbiyot xodimini “rayzdrav” tayinlaydi, dispetcherlarni ishga qabul qilish va dori-darmon ta’minoti viloyat shoshilinch yordam markazida, transport parki, yoqilg‘i ta’minoti va haydovchilar esa “oblzdrav”ga bo‘ysunadi”, deydi Prezident.

Bunday boshqaruv tizimida chalkashliklar ko‘pligi, buning oqibatida tez tibbiy yordam xizmati ko‘rsatish tuman hududi bilan cheklanib qolgani, tez yordam stansiyasi qo‘shni tuman bilan chegaradosh bo‘lsa ham, boshqa hudud degan vaj bilan chaqiruvni qabul qilmasligi tanqid qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

520

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing