Tez orada O‘zbekiston bozorida yangi 6 o‘rindiqli Kia Carens miniveni paydo bo‘ladi

Biznes

image

Kia brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global  kompaniyalar guruhi yaqin orada O‘zbekiston bozoriga olti o‘rindiqli yangi Kia Carens miniveni chiqarilishini e’lon qildi.

Carens zamonaviy oilalarning o‘sib borayotgan talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda maxsus yaratilgan va oilaviy avtomobillarning yangi segmentini yaratish uchun mo‘ljallangandir. Uch qatorli ixcham miniven salonning yuqori darajadagi bezatilishini, avtomobilning axborot tarmoqlari va qurilmalari bilan integratsiyalashuv funksiyalarini, krossoverga xos uslubdagi dizaynni va hayratomuz kenglikni, shu jumladan uchinchi qatordagi yo‘lovchilar uchun kenglikni taqdim etadi.

Carens dizayni  «Tabiat jasorati»  tamoyiliga asoslanadi: ixcham miniven nafaqat brendning yangi dizayn yo‘nalishini namoyish etadi, balki u tabiatning mukammalligi va soddaligiga hurmatni aks ettiradi.

Yangi Carens’ning qiyofasida Kia’ning «Yo‘lbars tabassumi»  uslubidagi radiator panjarasi zamonaviy tarzda ishlangan, shuningdek, quyi havo olish panjaralari ham ta’sirchan tarzda aksentlangan. Yorug‘lik diodli faralar va kunduzgi yurish chiroqlari ajoyib tashqi qiyofani yaratadilar. Ixcham miniven Kia brendining krossoverlar qatoridagi modellarga oxshatilib ishlanishi natijasida yon tomonidan dadil va qudratli ko‘rinishga ega bo‘lib, bu uning dizaynidagi kuch va nafosatning uyg‘unlashuvini qo‘shimcha ravishda ta’kidlaydi.

Minivenning intereri zamonaviy iste’molchilar ehtiyojlarini hisobga oladi. Futuristik dizaynga ega old panel salonning kengligi va hashamatliligi hissini shaklantiradi. Eshiklarning bezatilishidagi xromlangan elementlar premium sifatga mansublik hissini orttiradi. Old panelga Apple CarPlay va Android Auto’ni qo‘llab–quvvatlovchi 8 dyuymli ekranli multimedia tizimini integratsiyalangan, pastroqda esa – ko‘p funksiyali markaziy konsol mavjud.

«Kia Carens bizning «Qarama–qarshiliklar uyg‘unligi»  dizayn konsepsiyamizning mukammal timsoliga aylandi. U o‘zida sportcha xarakterni, nafis o‘ziga xoslik va unikal estetikani muvaffaqiyatli uyg‘unlashtiradi. Kia Carens zamon bilan hamnafas bo‘lgan mijozlarning uch qatorli oilaviy avtomobillarga qo‘yayotgan talablarini to‘liq aks ettiradi», – deb ta’kidlaydi, Koreya avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Kia kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti va global dizayn bo‘limi boshlig‘i Karim Habib.

Kia Carens’ning O‘zbekistondagi sotuvlarining boshlanish sanasi, shuningdek, texnik xarakteristikalari va komplektatsiyalari haqidagi batafsil ma’lumotlar 2024 yilning may oyida e’lon qilinadi.

Telefon: +998 (55) 500-83-33

Sayt: kia.uz

Instagram: @kia__uzbekistan

Telegram: t.me/kia_rasmiy

Telegram-bot: t.me/kiauzbekistanbot

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing