Tesla tez orada robotaksi xizmatini ishga tushiradi
Texnologiya
−
11 iyun 2483 1 daqiqa
Amerikalik milliarder, Tesla va SpaceX kompaniyalari egasi Ilon Mask 22 iyun kuni haydovchisiz taksi (robotaksi) xizmatini yo‘lga qo‘yish rejasini ma’lum qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, haydovchisiz elektromobillar bo‘yicha birinchi sinov safarlari Texasning Ostin shahrida boshlanishi mumkin.
“Biz xavfsizlik masalalariga juda ehtiyotkorlik bilan yondashamiz, shuning uchun ishga tushirish sanasi moslashtirilishi mumkin”, dedi u.
OAV yangi xizmatning ishga tushirilishi investorlar, Uoll-strit tahlilchilari va avtomobil ishqibozlarida katta qiziqish uyg‘otayotgani haqida xabar bermoqda.
O‘tgan oyda Mask CNBC telekanaliga bergan intervyusida aniqlik kiritishicha, dastlabki bosqichda robotaksi masofadan turib boshqariladi va faqat eng xavfsiz deb topilgan qat’iy cheklangan hududlarda harakatlana oladi.
Live
Barchasi