Tesla kompaniyasining narxi 1 trillion dollardan oshdi

Biznes

image

Ilon Mask asos solgan Tesla kompaniyasining bozor qiymati Nyu-York fond birjasidagi auksionda 1 trillion dollardan oshdi. Bu haqda tender ma’lumotlariga tayanib, TASS nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 25 oktyabr kuni Tesla aksiyalari 100 ming elektromobilga buyurtma bergan “Hertz Global Holdings Inc” bilan tuzilgan shartnoma fonida ko‘tarilib ketgan. Aksiyalar qiymatining o‘sishi 9 foizdan oshdi, bu Tesla’ning 1 trillion dollarlik chegaradan o‘tishini ta’minladi.

Maskning kompaniyasi hali ham bozor yetakchilaridan ancha orqada: Apple’ning bozor qiymati, masalan, 2,46 trillion dollarga, Microsoft’niki  esa 2,3 trillion dollarga teng. Shunga qaramay, Tesla 1 trillion dollarlik chegarani buzish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Buning uchun unga 18 yildan kamroq vaqt kerak bo‘ldi (unga 2003 yil 1 iyulda asos solingan).


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing