Tesla Cybertruck’ni taqdim etdi (foto)
Texnologiya
−
17 iyul 2023
12829Tesla to‘rt yillik kechikishdan so‘ng birinchi Cybertruck’ning qurilish ishlarini yakunladi. Bu haqda kompaniyaning tvitiga tayanib, “Reuters” nashri xabar berdi.
Mashina 2019 yilda ko‘rgazmaga qo‘yilgan, ammo yaxshi ishlab chiqilmagan oynalari sabab qayta ishlash jarayonida edi. Ko‘rgazmada Tesla bosh direktori Ilon Mask mashina dizayneri tomonidan “sinmas” deb baholangan "Tesla zirhli oynasi"ning bir emas, ikkitasini urib sindirgan. Shundan buyon kompaniya ishlab chiqarish vaqtini ortga surib keldi.
Cybertruck ishga tushirilishi Tesla`ga AQSH bozorining eng daromadli kompaniyalari Ford Motor va Rivian Automotive kabi elektr pikaplarga raqobatchi bo‘lish imkoniyatini beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mask Cybertruck ishlab chiqarish ko‘rsatkichini kompaniya talabiga qarab yiliga chorak millionga yetkazishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan besh yil avval SpaceX kompaniyasi tomonidan koinotga uchirilgan Tesla elektromobili shu yil fevral oyida Mars orbitasiga yetib borgan.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr