Tesla aksiyalarining narxi tushdi

Texnologiya

image

Tesla aksiyalari narxi kecha, 14 dekabr kuni ikki yillik eng past darajaga tushib ketdi. Bu haqda “3dnews” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Tesla aksiyalari narxi joriy yil boshiga nisbatan 60% ga arzonlagan. Bunga bir qancha omillar sabab bo‘lgan. Xususan, sarmoyadorlar kompaniya rahbari Twitter’ga haddan tashqari e’tibor qaratayotgani va buning natijasida Tesla qarovsiz qolayotganidan norozi bo‘lmoqda. Shuningdek, Ilon Mask o‘ziga tegishli bo‘lgan taxminan 3,6 milliard dollarlik aksiyalarni sotganidan so‘ng narxlar 12%ga arzonlagani ham sarmoyadorlar noroziligini oshirdi. 

“Ilon Tesla’dan voz kechdi va Tesla’ning ishlaydigan bosh direktori yo‘q. Bizga Tim Kuk kabi ishlash intizomini kuzatadigan rahbar kerak, Ilonga o‘xshagan emas”, deydi Tesla’ning uchinchi yirik xususiy aksiyadori Leo Koguan.

Ko‘plab tahlilchilar ham Maskning Twitter egasi sifatidagi xatti-harakatlari Tesla kompaniyasiga qimmatga tushishini aytmoqda. Ta’kidlanishicha, Maskning bahsli harakatlari Tesla imidjiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, Goldman Sachs investitsion banki vakillari ham Tesla aksiyalarini 305 dollardan 235 dollargacha pasayishini prognoz qilgan. Ularning xulosasiga ko‘ra, makroiqtisodiy qiyinchiliklar sharoitida elektromobillarga talabning kamayishi ushbu qimmatli qog‘ozlar narxining ham tushishiga olib keladi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing